Sifatli hosilga tayyorgarlik. kuzdan boşlanadi! Sovuq kunlar yaqinlaşar ekan, olma daraxtlarini qişga töğri tayyorlaş muhim ahamiyat kasb etadi.
#Agromaslahat
☘ OLMA DARAXTLARI QIŞGA QANDAY TAYYORLANADI?
🍂 Sifatli hosilga tayyorgarlik. kuzdan boşlanadi! Sovuq kunlar yaqinlaşar ekan, olma daraxtlarini qişga töğri tayyorlaş muhim ahamiyat kasb etadi.
🍂 1. Boğni tozalaş.
Tökilgan barglar, çirigan mevalar va kasallangan ösimlik qoldiqlari yiğiştiriladi. Bu zararkunandalar va kasalliklarning tarqaliş xavfini kamaytiradi.
💧 2. Namlikni me’yorlaş.
Tuproq namligi nazorat qilinadi. Kuz quruq kelgan bölsa, yer muzlaşidan oldin daraxtlar ehtiyojga qarab suğoriladi.
✅ 3. Daraxt tanasini himoyalaş.
Daraxt tanasi quyoş ta’siridagi harorat özgarişlari va sovuqdan zararlaniş xavfini kamaytiriş uçun oqlanadi yoki maxsus himoya vositalari bilan öraladi.
🌱 4. Ildizlarni asraş.
Daraxt ildizi atrofidagi tuproq somon, yoğoç qirindisi yoki boşqa tabiiy materiallar bilan qoplanadi. Bu namlikni saqlaş va ildizlarni sovuqdan himoyalaşga yordam beradi.
💇 5. Şoxlarni nazorat qiliş.
Qurigan va şikastlangan şoxlar tekşiriladi. Daraxtga şakl beriş uçun asosiy kesiş işlari odatda qiş oxirida, bahorgi kurtaklar oçilişidan oldin amalga oşiriladi.
🔴 Unutmang! Soğlom daraxt — kelgusi mavsumdagi sifatli hosilning muhim asosi!
🚀Telegram | 💻Instagram | 📝Facebook