Nega  ayrim nok navlari daraxtda emas balki daraxtdan uzilgandan keyin, saqlash davomida to'liq pishib yetiladi ?
  • Tahririyat
  • 122 ko'rish
  • 14-sentabr, 2026

Nega ayrim nok navlari daraxtda emas balki daraxtdan uzilgandan keyin, saqlash davomida to'liq pishib yetiladi ?

Nega ayrim nok navlari daraxtda emas balki daraxtdan uzilgandan keyin, saqlash davomida to'liq pishib yetiladi ?

🍐 BILASIZMI?

🔵Nega  ayrim nok navlari daraxtda emas balki daraxtdan uzilgandan keyin, saqlash davomida to'liq pishib yetiladi ?

➡️Buning sababi — nok mevasi daraxtdan uzilgandan keyin ham etilen deb ataladigan tabiiy o‘simlik gormoni ta’sirida, o'zining pishib yetilish jarayonini davom ettirishidadir. 

 🟠Ko‘pchilik mevalar daraxtning o‘zida pishib yetiladi. Ammo nokning ayrim navlari bundan farq qiladi. 

⏳Nok ko‘pincha daraxtdan biroz qattiq holatdaligida teriladi. Keyinchalik esa saqlash davomida asta-sekin yumshaydi, shirinlashadi va o‘ziga xos xushbo‘y hidga ega bo‘ladi.

🥶Uzoq muddat saqlash uchun 1–2°C harorat va 85–90% namlik eng maqbul sharoit hisoblanadi. Shuningdek  saqlash muddati va harorat ayrim nok navlariga qarab farq qiladi. 

✅Nokni juda erta yoki juda kech terish uning ta’mi, tuzilishi va saqlanish sifatiga ta’sir qilishi mumkin. Shu sababli hosilni o‘z vaqtida terish — sifatli nok yetishtirishning muhim sirlaridan biridir.